2022-yil 8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish hamda “Kelajagingizni quring, pulga oqilona munosabatda bo‘ling!“ shiori ostida “Global Money Week” (Umumjahon pul haftaligi) xalqaro ta’lim kompaniyasi tomonidan seminar-trening bo’lib o’tdi.
Markaziy banki tomonidan tashkillangan ushbu seminarda yoshlar tomonidan moliyaviy savodxonlikni ahamiyati, moliyaviy rejalashtirish, omonatlar, elektron hamyonlardan foydalanish, xavfsiz web-saytlardan foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Seminarda talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.