TATU Farg’ona filiali talabalari Hack Smart TV tanlovining g’olibi bo’ldi!
Joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari bo’lib o’tgan «Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023» dastur doirasidagi «Cyberkent» kiberxavfsizlik tanlovining
Hack Smart TV yo’nalishida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabasi Olimov Fayozbek faol ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni qo’lga kiridi.
Natijada Hack Smart TV tanlovining 2-o’rin uchun ajratilgan 4 mln so‘m pul mukofotiga ega bo’lishdi.

