TATU Fargʻona filiali va Xitoy Respublikasining Shandong texnologiyalar universiteti oʻrtasida sun’iy intellekt yoʻnalishi boʻyicha 3+1 qoʻshma fakultet ochish boʻyicha memorandum imzolandi!
Bu hamkorlik, ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash va yoshlarni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Yangi fakultet talabalariga keng imkoniyatlar yaratib, ularga global miqyosda ilmiy va amaliy tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
Filial delegatsiyasi Shandong texnologik universitetining sun’iy intellekt laboratoriyalari bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida ilmiy hamkorlik va innovatsion texnologiyalarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, filialda zamonaviy laboratoriya tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.