TATU Fargʻona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri, dotsent O.S.Rayimjonova tomonidan Kompyuter injiniringi fakulteti 2-bosqich talabalariga ochiq dars mashg’uloti tashkillandi. Ochiq darsga filialning bir qancha professor-o’qituvchilari tashrif buyurib, darsning borish jarayonini kuzatib bordilar.
Ochiq dars yuqori notada, interfaol o’qitish metodlarini qo’llagan holda, shuningdek amaliyotga yaqinlashtirilgan holda tashkillangani, darsda yosh professor-o’qituvchilarning ishtiroki mashg’ulotga master-klass ko’rinishini berdi.
Darsni kuzatib borgan professor A.Rasulov hamda dotsent N.Jo’rayevlar dars mashg’ulotiga yuqori baho berib, barcha ma’ruza mashg’ulotlarini shu ko’rinishda tashkillash maqsadga muvofiq bo’lishini ta’kidlab o’tdilar.



