Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filialida ko’tarinki ruhda o’tgan tadbirda Farg’ona shahar 52788 harbiy qism harbiylari tomonidan harbiy jangovor harakatlari bo’yicha chiqishlar hamda harbiy orkestr ijrosi yig’ilgan talaba-yoshlarga yaxshi kayfiyat ulashdi va yaqinlashib kelayotgan 14-yanvar — «Vatan himoyachilari kuni» bayrami shukuhini berdi.
Ushbu tadbir so’ngida, tadbirni tashkil etishda hamkorlik qilgan Farg’ona shahridagi harbiy desant qo’shinlari komandiriga va harbiy xizmatchilarga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Baxtiyor Tolipov tomonidan minnatdorchilik bildirildi.



