TATU Farg’ona filiali direktori Farrux Muxtarov TATU Farg’ona filiali akademik litseyiga tashrif buyurib, akademik litseyda tashkil etilayotgan o’quv jarayonlari, o’quvchi-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, o’quv binosi va o’quvchilar turar joylarining kuz-qish mavsumiga tayyorlik holatlari bilan yaqindan tanishib chiqdi. TATU FF tomonidan akademik litsey moddiy texnik ta’minotini yanada yaxshilash uchun berilishi kerak bo’lgan amaliy yordam bo’yicha takliflar bildirib o’tdi.





