Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali talabasi Ro’zaliyev Muhammadaziz O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan va joriy yil 20-24 may kunlari o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi g’olibi bo’ldi.
Talabamizga ilmiy faoliyatida yanada yuqori cho’qqilarni zabd etishida omad va zafarlar tilaymiz.


