TATU Farg‘ona filiali va Sharda Universiteti o‘rtasida hamkorlik muhokamasi.

Xindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Sharda universitetining Korporativ ishlar bo‘yicha direktori, janob Mr. Ravi Dutt TATU Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Farg‘ona IT Park xodimi va TATU Farg‘ona filiali Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Toshpulatov ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish, ilmiy laboratoriyalar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Suhbat yakunida kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi kelishuvlar asosida muzokaralarni davom ettirishga qaror qilindi.