18-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Rahimov hamrohligida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Jumladan, 400 o‘rinli talabalar turar joyi, talabalarga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy “Registrator ofisi”, madaniyat saroyi, axborot-resurs markazi hamda Kiberxavfsizlik markazining qurilish-ta’mirlash ishlarini borib ko‘rdi.
Rahbarlar tomonidan shu yerning o‘zida ushbu obyektlarning talabalar uchun qulay bo‘lishi hamda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.