TATU Farg’ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha o’tkazilgan olimpiada yakunlandi.
Olimpiadada talabalar Konstitutsiya haqidagi bilimlarini namoyish etishdi va o‘zlarining bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Olimpiada g’oliblari:
🏅 1-o’rin – Abdurahmonov Abdulloh Abdumannon o’g’li (DIKF 647-23 guruh)
🏅 2-o’rin – Alijonova Rayxona Akmaljon qizi (TI va KT 660-24 guruh)
🏅 3-o’rin – O’rmonov Maftunaxon G’ayratjon qizi (TI va KT 660-24 guruh)
G’oliblarga yuqori baholar va esdalik sovg’alar topshirildi. Biz barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!


