Prezidentimizning “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 1-fevraldagi PQ–51-son qarori amalda.
Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari bilan birgalikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
«Coursera» platformasining imkoniyatlari;
Uzbekcoders.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib courserda imtiyozli o’qish;
Xalqaro IT va til sertifikatlari uchun kompensatsiya olish tartibi haqida xabardor etildi.



