Loyihaning qiymati 375 million so‘m
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali, Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti, Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasining baliqchilik sohasini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihasi Toshkent shahrida C.A.T. Science Accelerator 5.0 akseleratoriga saralashdan muvaffaqiyatli o`tdi. Toshkent shahridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida 31-mart va 1-aprel kunlari hududlardagi jamoalar bilan suhbat o‘tkazildi.
Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasida baliqchilik sohasini avtomatlashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalari, uning samaradorligini ko‘rsatuvchi parametrlari olindi. Kafedra ilmiy-amaliy izlanuvchilari tomonidan o’tkazgan tadqiqotlarda bunday avtomatlashtirilgan fotoelektrik qurilma omuxta yemni qariyib 2 barobarga tejalishini va samaradorlikni 1,5 hissa ortishini ko‘rsatdi.
Ushbu ilmiy-amaliy loyiha respublika miqyosida amalda joriy etilishi natijasida mamlakatimiz ravnaqiga va iqtisodiy rivojlanishiga hissa bo‘ladi.



