✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor o‘qituvchilari N.Jo‘rayev, U.Iskandarov, M.Xalilov, A.Komilovlar Farg‘ona tumani Soy bo‘yi qishlog‘idagi 13 — sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.
🟢Tashrif davomida professor o‘qituvchilar tomonidan maktabda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llash ishlarini takomillashtirish, shuningdek bitiruvchi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ularga oliy ta’limga kirishlari uchun kerakli maslaxatlar berildi.
🟢Kasb tanlash – har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri. Kasb – nafaqat daromad topish manbayi, balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyat hamdir. Maktabni bitirish arafasida o‘spirin ko‘pincha kasblar haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladi.
🟢Ular tanlagan kasblarining faqat ijobiy yoki aksincha salbiy jihatlarini ko‘rishadi. Shu fikirlardan kelib chiqqan xolda kafedra professor o‘qituvchilari maktabning yuqori sinf o‘quvchilarini TATU Farg‘ona filialiga taklif etishdi.
🟢Yuqori sinf o‘quvchilarini IT soxasida bilimlarini oshirish maqsadida ko‘shimcha ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari qiziqib o‘rganayotgan dasturlar to‘g‘risida gapirib berdilar va o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislarda javob olishdi.