Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali majlislar zalida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy soha vakillarining faoliyatini takomillashtirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda shahar va tumanlardan mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, imom-xatiblar, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘linma rahbar-mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari prorektorlari, dekan o‘rinbosarlari, nuroniylar, ta’lim tizimi xodimlari, masalaga tegishli tashkilot va boshqarmalar boshliqlari hamda vakillari ishtirok etdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov haqiqiy ma’naviyatchida millatni sevish va shijoat bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Mahalla tizimi bugungi kunda butunlay yangi bosqichga ko‘tarilganligini qayd etib, mahalladagi hojilar yoshlar tarbiyasi hamda hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash kabilarda ibrat bo‘lishligi aytib o‘tildi.