🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida» PF-6097-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish hamda ilm-fanlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida 2023 yilning 13 yanvar kuni respublikamiz va bir qator xorijiy davlatlarning yetakchi olimlari ishtirokida “XALQARO ILMIY FORUM” oʻtkazildi.
🟢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining bir guruh ilmiy tadqiqotchilari “Ilm-fan iftixori” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.


