Ushbu loyihada butun MDH davlatlari bo’ylab ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo’shgan eng yaxshi yosh olimlar ishtirok etdidilar. Ko’zda tutilgan asosiy maqsad esa yosh olimlarning eng yaxshi ahamiyatli va innovatsion loyihalarini aniqlash, ilmiy qiziqishlarini oshirish, ilm-fanni rivojlantirish uchun umumiy birlashtiruvchi platforma yaratishdir.
YETMISHBOYEV SHAXZODBEK MAʼMURJON OʻGʻLI
2000-yil 6-martda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tavallud topgan. Hozirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali Kompyuter injineringi fakulteti axborot xavfsizligi yoʻnalishida tahsil olib kelmoqda.
Shaxzodbek Yetmishboyev TATU Fargʻona filiali boshlangʻich tashkilotning iqtidorli va isteʼdodli talabalarini oʻz safida birlashtirgan “TATU LIDERLAR” jamoasi tashkilotchisi hisoblanadi;
2019-yilda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish Respublika markazi tomonidan “Tadbirkorlik asoslari” yoʻnalishi boʻyicha 22 soatlik qisqa muddatli oʻquv kursini tamomlagan;
2020-yil Direktor.uz platformasida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” kursini muvaffaqiyatli tamomlagan;
Yil talabasi-2020″ koʻrik tanlovining » Yilning eng tashabbuskor talabasi» nominatsiyasi boʻyicha universitet bosqichi 1-oʻrin sohibi;
Hozirgi kunga qadar koʻplab loyihalar(ijtimoiy, startaplar) muallifi hisoblanadi;
30 ga yaqin ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalari Xalqaro va Respublika nashrlarida, anjuman hamda konferensiyalarning toʻplamlarida chop etilgan;
100 dan ziyod forum va konferensiyalarda faol ishtirok etib, munosib taqdirlangan;
Joriy yilda Qozogʻiston Respublikasi Nur-Sulton shahrida MDH mamlakatlari ilmiy va oʻquv muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan «Eng yaxshi yosh olim-2021» tanlovining faxrli 1-oʻrin sohibi deb topilib, maxsus Medal bilan taqdirlandi. Shuningdek Shaxzodbek Yetmishboyev xalqaro UNICEF tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan U-Report loyihasining Fargʻona Yoshlar qoʻmitasi faol aʼzosi va boshqa koʻplab loyihalar volontyori hisoblanadi.
Shaxzodbek Yetmishboyevning faoliyatiga ulkan zafarlar, hamisha muvaffaqiyatlar shohsupasida boʻlishiga tilakdoshmiz. Kelgusidagi ishlarida omad yor boʻlsin. Faolimiz Oʻzbekiston ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan kadr boʻlishiga ishonamiz!