Hamkorlik uchrashuvida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Farg’ona viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i Ziyodbek Yunusov hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, Farg‘ona politexnika instituti, Xalqaro oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi instituti rahbariyati ishtirok etdilar.
Xitoy Xalq Respublikasi Shandun fan va texnologiya universiteti o‘rtasida o’rtasida taʼlim boʻyicha xalqaro hamkorlik yoʻlga qoʻyish memorandumi imzolandi.
Ushbu uchrashuvda Farg‘ona yoshlar texnoparkini hamkorlikda rivojlantirish uchun kadrlarni jalb qilish, “China Oman Investment” kompaniyasi tomonidan Farg‘ona shahrida tashkil etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish va xalqaro oziq-ovqat texnologiyalari va muhandislik institutida xitoylik o‘qituvchilar bilan xitoy tilini o‘qitish kurslarini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.