Xotin-qizlar kengashining 2023-2024 oʻquv yili sarhisobi hisobot yigʻilishi bo’lib o’tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filialining xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z .Otaxonava va dekan maslahatchilarining 2023-2024 oʻquv yili sarhisobi hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni filial direktori F.Muxtarov soʻzga chiqib ochib berdi. Tadbirda xotin-qizlar Kengashining oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti namoyish etildi.

Tadbir davomida oʻquv yili davomida oʻzining faolligi va mehnatsevarligi bilan yutuqlarga erishgan 43 nafar professor-oʻqituvchilar va ayol xodimlar faxriy yorliq hamda homiylar, filial kasaba uyushmasi tomonidan taqdim etilgan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari oʻquv yili davomida bilim, salohiyati bilan yuqori natijalarga erishgan 30 nafar talaba-qizlarning onalari tashakkurnoma va ARM tomonidan taqdim etilgan kitoblar bilan taqdirlandi.