✅ “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida “Ish joyimga 1 tup daraxt — mening hissam” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
🌲 Hasharda filial hududida 60 tup mojevelnik, 17 tup sosna manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. 100 ta daraxtlar butaldi va ohaklandi, 600 metr yo‘laklar, 300 metr ariq va 1,5 gektar hududda 2 tonna maishiy chiqindilar tozalandi.
🌿 Umumxalq xayriya hashari jamoada uyushqoqlik bilan tashkil etilib, barcha rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar yuqori kayfiyatda faol ishtirok etishdi.




