2024-yil 7-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning «Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish»ga qaratilgan PQ-171-sonli Qarori ijrosi doirasida TATU Fargʻona filiali 1-sonli talabalar turar joyida manzarali daraxtlar ekish ishlari amalga oshirildi.
50 tupdan ortiq manzarali daraxtlar ekilgan tadbirda, TATU Fargʻona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Baxtiyor Tolipov, Talabalar turar joyi mudiri Sardorbek Yunisaliyev va Tarbiyachi-pedagog D.Abdullayevlar ishtirok etdilar.
Bu loyiha, nafaqat hududni yashillashishga, balki talabalarimizning maʼnaviy va jismoniy sogʻligʻiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.



