Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun 8 ta yo‘nalishda yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan, tanlovning shahar-tuman bosqichida ishtirok etgan 500 nafarga yaqin iqtidorli qizlar orasidan 151 nafari viloyat bosqichida ishtirok etib, fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlarida o‘z imkoniyatlarini namoyon etishdi.
Ishtirokchilarning ijodiy ishlari, siyosiy-ijtimoiy bilimlari, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni bilishi, ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki, iste‘dodini bir necha yo‘nalishlarda ko‘rsata olganligi tanlov komissiyasi a‘zolari tomonidan birma-bir ko‘rib chiqildi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, tanlov yakunida komissiyasi a‘zolari Respublika komissiyasiga eng munosib 25 nafar nomzodni tavsiya etdilar.

TATU Fargʻona filialidan 3 nafar ajoyib qizimiz shahar bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, ushbu tanlovda IT yoʻnalishi boʻyicha oʻz iqtidorlarini namoyish etishdi.

Xotin-qizlar maslahat kengashi aʼzolari, universitetimiz nomini munosib tarzda himoya qilgan nomzodlarimizga Respublika bosqichida ham omad tilab, ularga ishonch bildirdilar.

Biz ularga muvaffaqiyatlar tilaymiz va keyingi bosqichlarda ham gʻalabalar kutib qolamiz!