Ushbu bayram tadbiri uchun katta majlislar zali bayramona ko‘rinishda, gullar va turfa xil sharlar hamda Axborot resuralar markazi tomonidan kitoblar, o‘zbek tilini ulug‘lovchi targ‘ibot materiallari, ko‘rgazmali tasviriy vositalar bilan bezatildi.
Bayram tantanasiga falsafa fanlar dosenti N.U.Usmonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Kadirov, direktor maslahatchisi A.Usmonov hamda faxriy ustozlar, tyutorlar va talabalar taklif etildi.
Bayram tadbirini filial Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Kadirov, falsafa fanlar dotsenti N.U.Usmonovlar ochib berdi va o‘zbek tiliga «Davlat tili» maqomi berilganiga ham 33 yil to‘lganligi ushbu bayram, shodiyona munosabati bilan barcha ta’lim fidoyilari, qalbi quyosh, mehri daryo ustozlarimizni muborakbod etib, ishlariga omad, ulkan zafarlar tiladilar.
Tadbir davomida talabalar tomonidan bayramga xos buyuk mutafakkirlarimiz haqida sahna ko‘rinishlari, o‘zbek tili haqida qiziqarli ma’lumotlar, kuy-qo‘shiq va raqslar yangradi.
Tadbir so‘ngida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifat bo‘limi uslubchisi N.Eshimova tomonidan o‘zbek tili haqida monolog tinglandi. Tashkillangan tadbirdan talabalar mazmunli va ijobiy xulosa chiqardilar hamda o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarni oldilar.