Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ishtirokida Farg’ona viloyati O’zbekiston tumanida sayyor qabul bo’lib o’tdi

Mazkur sayyor qabul axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlari sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, soha yo‘nalishida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu sayyor qabulda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali direktori A.Rasulov boshchiligidagi barcha professor o’qituvchilar va iqtidorli talaba yoshlar faol ishtirok etishdi.

Uchrashuv mobaynida telekommunikatsiya xizmatlari, mobil aloqa xizmatlari va aholiga optik tolali aloqa liniyasi orqali sifatli internet xizmatlari, shuningdek, o‘quv markazlarida ta’lim olish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi. O‘rganish talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul rahbarlarga esa topshiriqlar berildi.