9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida filial faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarni oldini olish va bartaraf etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirlarga Filial direktori 1-o‘rinbosari B.Tolipov, Direktor maslaxatchisi A.Usmonov, Viloyat prokuraturasi prokurori M.Gaipov hamda 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va 160 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilariga Korrupsiya nima?, korrupsiya turlari va uning salbiy oqibatlari haqida ishtirokchilarga tushuntirish berib o‘tildi.