Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali talabalar turar joyiga «Axborot texnologiyalari» kafedrasi professor-o’qituvchilari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalarni vaqtini unumli o’tkazish maqsadida, talabalar o’rtasida:
- Sportning stol tennis turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi;
 - Tvister o‘yini o‘tkazildi;
 - Kibersportning PUBG mobile musobaqasi va kompyuterning tizimli blokini terish bo’yicha tanlovlar o’tkazildi;
 - Shu bilan bir qatorda talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi;
 - Tanlovlarda faol qatnashgan talabalar qimmatbaho va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi;
 








