«Axborot texnologiyalari» kafedrasi TTJda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali talabalar turar joyiga «Axborot texnologiyalari» kafedrasi professor-o’qituvchilari tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalarni vaqtini unumli o’tkazish maqsadida, talabalar o’rtasida:

  1. Sportning stol tennis turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi;
  2. Tvister o‘yini o‘tkazildi;
  3. Kibersportning PUBG mobile musobaqasi va kompyuterning tizimli blokini terish bo’yicha tanlovlar o’tkazildi;
  4. Shu bilan bir qatorda talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi;
  5. Tanlovlarda faol qatnashgan talabalar qimmatbaho va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi;