Direktor yoshlar muammosiga befarq emas

Muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur g’oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratmoqda.

Direktorimiz va yoshlar o’rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori, F.Muxtarov Farg’ona shahar Beshbola MFYda istiqomat qiluvchi Mo’minov Jamoliddin bilan uchrashdi. Jamoliddinning holidan xabar olinib, suhbat uyushtirildi hamda esdalik sovg‘alar bilan birgalikda, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy rusumdagi velotrenajor sovg‘a qilindi.