Farangiza Kenjayeva (GreenZet jamoasi mentori) “My Technovation Story” – nominatsiyasining respublika tanlovida muvofaqqiyatli qatnashib qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib qaytdi

2022-yil 24-may kuni Toshkent shahrida respublikamizda 2016-yildan buyon o’tkazib kelinayotgan dunyodagi qizlar uchun eng yirik va eng mashhur texnologik dastur hisoblangan “Women In Tech & Science Week” dasturining Tech4Impact loyihasi doirasida TATU Farg`ona filiali “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori” rahbari Farangiza Kenjayeva (GreenZet jamoasi mentori) “My Technovation Story” – nominatsiyasining respublika tanlovida muvofaqqiyatli qatnashib qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib qaytdi.
Shuningdek, ushbu tadbirda Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben Xilel, UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi o‘smirlar va yoshlar rivojlanishi bo‘yicha maslahatchisi – Inna Volfsonlar mezbon- maslahatchi hamda respublika hududlaridan 41 jamoalar tanlov ishtirokchilari sifatida qatnashdilar.