Farg‘ona soliq texnikumining Yoshlar yetakchisi N.Raxmonova, fan o’qituvchisi A.Jakbarovlar boshchiligidagi o‘quvchilar tashrif buyurishdilar

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga Farg‘ona soliq texnikumining Yoshlar yetakchisi N.Raxmonova, fan o’qituvchisi A.Jakbarovlar boshchiligidagi o‘quvchilar tashrif buyurishdilar.

🟢Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Kadirov tomonidan soliq texnikumi o‘quvchilariga filialda yaratilgan sharoitlar, ta’lim sohalari, o‘quv jarayonlari va axborot resurs markazi haqida ma’lumotlar berildi.

🟢O‘quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga Matbuot kotibi R.Nabijonov va Yoshlab bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi N.Eshimova tomonidan javoblar olishdi.