Filial akademik litseyi o‘qituvchi xodimlari bilan «Korrupsiyasiz ta’lim» mavzusida davra suhbati o’tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktor maslaxatchisi A.Usmonov, korrupsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov hamda litsey direktori I.Mamajonovlar tomonidan filial akademik litseyi o‘qituvchi xodimlari bilan «Korrupsiyasiz ta’lim» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

✅ O‘tkazilgan davra suhbati davomida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarni firibgarlik yo‘li orqali o‘qishga olib kirib qo‘yishni vada qilib pora olayotgan vaqtida ushlangan holati videoroligi namoyish etildi.