Yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, ish o‘rinlari yaratib bandligini ta’minlash, ularning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali majlislar zalida “Startup tashabbuslari” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Bugungi o‘quv seminarida Davlat dasturida ilgari surilgan yoshlar startap tashabbuslari haqida tushuncha beriladi. “Startup” – biznesga yangi g‘oyalarni tatbiq etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, daromad va ish joyini topish ma’nosini anglatadi. Izlanuvchan, tashabbuskor yoshlar uchun uch oylik o‘quv kursi mavjud. Uch oy davomida o‘zlari qiziqqan loyiha ustida ko‘nikmaga ega bo‘lishlari mumkin. Bu erda ularga loyihani amalga oshirishni sinash, eng kichik ishchi modelini bozorda sotish kabi taqdimotlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Mazkur loyiha tashabbuskorlari “G‘oyani yarat, amalga oshir, hayotni yanada yaxshila! shiorini o‘ziga dasturilamal qilib olishgan. 2018-yil “Startup tashabbuslari” loyihasi g’oliblaridan biri Toshkent Axborot Texnologiyalari Unversiteti Farg’ona filiali jamoasi a’zolari ham ishtirok etishdi va o’zlarini tavsiyalarini qatnashuvchilarga berishdi. O‘quv-seminar davomida yoshlar o‘z savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi. Shu o’rinda yosh starup tashabbuskori o’zini hoyihasini taqdim etdi.
Kimlar qatnashishi mumkin
Dasturda 16 yoshdan yuqori tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, talabalar, oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va tadqiqotchilari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ishtirok etishga taklif qilinadilar . Qizlar boshchilik qiladigan jamoalar yoki loyiha jamoasi tarkibida ta’sischi sifatida ishtirok etadigan qizlar jamoalari qatnashchilari rag’batlantiriladi.
Arizalar 2019 yil 6 oktabriga qadar qabul qilinadi.
Bog’lanish uchun Startup.mehnat.uz havolasiga o’ting. Yoki www.fakebook.com /startupuzb/ orqali kuzatib boring.