“Axborot xavfsizligi” kafedrasi hamda “Mehrjon” NNT markazi hamkorligida o’tkazilgan tadbir barchaga birdek manzur bo’ldi.
“Mehrjon” NNT psixolog, yurist xodimalari tomonidan o’tkazilgan turli-xil interaktiv mashg’ulotlar talabalardagi o’ziga ishonch, ruhan tetiklik, jamoa bilan ishlash bo’yicha ko’nikmalarini yanada oshirishga xizmat qildi.
Shuningdek, hozirgi dolzarb mavzular – “Kiberjinoyat qurboni bo’lmang! Uning sababi va yechimlari” mavzusida maslahatlar berib o’tildi.
Kelgusida yana shunday tadbirlar o’tkazib olishga kelishib olindi.