Kafedra kuni doirasida filial TTJ talabalariga tadbir tashkil etildi

“Axborot xavfsizligi” kafedrasi hamda “Mehrjon” NNT markazi hamkorligida o’tkazilgan tadbir barchaga birdek manzur bo’ldi.

“Mehrjon” NNT psixolog, yurist xodimalari tomonidan o’tkazilgan turli-xil interaktiv mashg’ulotlar talabalardagi o’ziga ishonch, ruhan tetiklik, jamoa bilan ishlash bo’yicha ko’nikmalarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Shuningdek, hozirgi dolzarb mavzular – “Kiberjinoyat qurboni bo’lmang! Uning sababi va yechimlari” mavzusida maslahatlar berib o’tildi.

Kelgusida yana shunday tadbirlar o’tkazib olishga kelishib olindi.