O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021-yil 13-aprel kunidagi 83-sonli buyrug‘i hamda 2021-yil 15-aprel kunidagi 05/2-1627-sonli topshirig’iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-apreldagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat hususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-5071-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish borasidagi imtiyozlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali rasmiy web saytlarda keng yoritib borish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birgalikda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda qarorning maqsadi, mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda uning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimizning barcha hududlarida, ayniqsa, eng olis hududlarda bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish borasida erishilayotgan natijalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar, jumladan 2018-2019-yillarda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlaridan ekvivalenti 200,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlar jalb qilingan, mazkur kreditlar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va xususiy sheriklar o‘rtasida 140,1 ming o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imzolangan 1412 ta davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlardan (keyingi o‘rinlarda — bitimlar) 992 tasi bo‘yicha imtiyozli kreditlar moliyalashtirilgan.