Muhammad al-xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida “Girgitton” taom yetkazib berish xizmati, “EDU”, “EDU-Sofiya” xususiy maktabi va o‘quv markazlari tarmog‘i asoschisi, “XM” grafik dizayn studiyasi rahbari Xurshid Maroziqov bilan ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi

2021-yil 25-mart kuni Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida kichik majlislar zalida “Girgitton” taom yetkazib berish xizmati, “EDU”, “EDU-Sofiya” xususiy maktabi va o‘quv markazlari tarmog‘i asoschisi, “XM” grafik dizayn studiyasi rahbari  Xurshid Maroziqov bilan ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi. Xurshid Maroziqov o‘zining bugungi kundagi jamiyatdagi o‘rni, erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi. Shu bilan birgalikda talaba-yoshlar bilan ta’lim, biznes va Axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yuzasidan motivatsion suhbat olib bordi.