Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali 4-bosqich talabasi Kenjayeva Farangiz “Tumaris tech” startap tanlovining Respublika yakuniy bosqichida faol ishtirok etdi

2021-yil 17-aprel kuni Toshkent Shahridagi AMITY Universitetida IT park tomonidan tashkil etilgan “Tumaris tech” startap tanlovining Respublika yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali 4-bosqich talabasi Kenjayeva Farangiz, “Xizmat”nomli loyihasi bilan faol ishtrok etib diplom, statuetka hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.