Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori A.Rasulov rahbarligida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari A.Kadirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Polvonov, talaba-yoshlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash bo’yicha direktor maslahatchisi A.Usmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat bo’limi boshlig’i I.Kaxxarovlar talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mutasaddi rahbarlar tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoiti o’rganildi.
Talabalarga qish mavsumida isitish moslamalaridan to’g’ri foydalanish xavfsizlik qoidalari bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Hamda ulardagi kamchilik va muammolar o‘rganildi har bir talaba bilan individual suhbat olib borishdi. So‘ngra talabalar turar joyi ichki tartib qoidalariga amal qilish haqida aytib o‘tdilar.