Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali «Student office» bo‘‌limi bo’limi xodimlari va TI va KT tyutorlari hamkorligida talabalar uchun navbatdagi «Kitobxonlik soati» bo‘lib o‘tdi

Bugungi bo‘lib o‘tgan «Kitobxonlik soati» Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi bosh mutaxassisi M.Xursanovaning «Ayol baxt uchun yaralgan» deb nomlangan kitobiga bag’ishlandi. Muallifi ushbu kitobning mazmun, mohiyati haqida talabalarga gapirib o’tdi.

Taqdimot so’ngida M.Xursanova tomonidan talabalarga qiziqarli savollar berildi. Ushbu savollarga to‘g‘ri javob bergan talabalar 627-23 A. Shukurullayev, 623-22 U. Xalilov, 623-22 Z. A’zamjonovlarga M.Xursanova tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.