Yozgi ta’til davrida vaqtingizni mazmunli o‘tkazish uchun bir qancha tanlovlarni e’lon qilamiz.
Siz ta’til davrida ushbu tanlovlarga qatnashib, g’olib bo’lishingiz va filial ma’muriyati tomonidan taqdirlanishingiz mumkin. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang.
4-9-iyul kunlari davomida “Mening ta’tildagi bir kunim” mavzusida videoroliklar tanlovi
11-16 iyul kunlari “Mening biznes g‘oyam”, “Men tadbirkor bo‘laman” mavzusidagi loyihalar tanlovi
18-23 iyul kunlari esa quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida foto va videoroliklar tanlovi
“Biz korruptsiyaga qarshimiz”,
“Mening qishlog‘im, mening shahrim”
“Oilamga yordam”,
“Mahallam (Shahrim, Qishlog‘im) fidoyilari”,
“Men o‘z yashash joyim bilan fahrlanaman”,
“Bo‘sh o‘tirish men uchun emas”,
“Mahallam fahrim”,
“Men buyuk inson bo’laman”,
“O‘qishni ta’tilda ham davom ettiraman”,
O‘g‘il bolalar uchun eko-turizmni rivojlantirish uchun “Men baliq ovidaman”,
“Yurtimning jannatmakon joylari”,
“Oilam bilan dam olish bu baxt”,
“Mahallamdagi do‘stlarimni sportdagi vaqtlari”
“Men O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z xissamni qo‘shaman”
“Dadam fahrim – Onam baxtim”
“Ta’tildagi xunarmandchilik mashg‘ulotim”
“Mening bir kunim”
25-30 iyul kunlari yozgi ta’til davomida talabalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida
“Men sevgan asar”;
“Eng zukko kitobxon”;
“Men sevgan adib” mavzularida kitobxonlik tanlovi
5-iyuldan 5-avgustgacha: “Vatan iste’dodlar beshigi” shiori ostida yoshlar onlayn forumi.
1-6 avgust kunlari: Talaba qizlar uchun “Dizaynerlik sirlari”, “Men chevar qizman”, “Men qandolatchiman” yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn mashg‘ulotlarni doimiy yashash joylaridagi chevarchilik, qandolatchilik kurslariga qatnashish, bichish-tikishni va pishiriqlar tayyorlashni o‘rganishi to‘g‘risida videorolik tanlovi
1-6 avgust kunlari: Talaba-yoshlar tomonidan yaratilgan kichik loyihalarni taqdim qilishlarini tashkillash. Talaba o‘rtasida o‘zlari yashayotgan mahallasining veb saytini yaratish.
8-20 avgust kunlari filialda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan psixolog-o‘qituvchi tomonidan “Talabaga maslahat” onlayn shaklda har 10 kun davomida maslaxatlar berib boriladi.
22-27 avgust kunlari har bir talaba o‘zi tug‘ilib o‘sgan mahallasini ijtimoiy yangiliklardan habardor qilish, mahallasi fuqarolarini bir joyga jamlash maqsadida mahallasining telegram botini yaratish va uni faoliyatini yuritib borish.
Batafsil ma’lumot @nabijonov4544 ga murojaat qilishingiz mumkin.