Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talaba-yoshlari tanlovlarga tayyormisizlar!!!

☝️Yozgi ta’til davrida vaqtingizni mazmunli o‘tkazish uchun bir qancha tanlovlarni e’lon qilamiz.

🏆Siz ta’til davrida ushbu tanlovlarga qatnashib, g’olib bo’lishingiz va filial ma’muriyati tomonidan taqdirlanishingiz mumkin. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

🔸4-9-iyul kunlari davomida “Mening ta’tildagi bir kunim” mavzusida videoroliklar tanlovi

🔸11-16 iyul kunlari “Mening biznes g‘oyam”, “Men tadbirkor bo‘laman” mavzusidagi loyihalar tanlovi

🔸18-23 iyul kunlari esa quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida foto va videoroliklar tanlovi
🔰 “Biz korruptsiyaga qarshimiz”,
🔰 “Mening qishlog‘im, mening shahrim”
🔰 “Oilamga yordam”,
🔰 “Mahallam (Shahrim, Qishlog‘im) fidoyilari”,
🔰 “Men o‘z yashash joyim bilan fahrlanaman”,
🔰 “Bo‘sh o‘tirish men uchun emas”,
🔰 “Mahallam fahrim”,
🔰 “Men buyuk inson bo’laman”,
🔰 “O‘qishni ta’tilda ham davom ettiraman”,
🔰 O‘g‘il bolalar uchun eko-turizmni rivojlantirish uchun “Men baliq ovidaman”,
🔰 “Yurtimning jannatmakon joylari”,
🔰 “Oilam bilan dam olish bu baxt”,
🔰 “Mahallamdagi do‘stlarimni sportdagi vaqtlari”
🔰 “Men O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z xissamni qo‘shaman”
🔰 “Dadam fahrim – Onam baxtim”
🔰 “Ta’tildagi xunarmandchilik mashg‘ulotim”
🔰 “Mening bir kunim”

🔸25-30 iyul kunlari yozgi ta’til davomida talabalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida
🔰 “Men sevgan asar”;
🔰 “Eng zukko kitobxon”;
🔰 “Men sevgan adib” mavzularida kitobxonlik tanlovi

🔸5-iyuldan 5-avgustgacha: “Vatan iste’dodlar beshigi” shiori ostida yoshlar onlayn forumi.

🔸1-6 avgust kunlari: Talaba qizlar uchun “Dizaynerlik sirlari”, “Men chevar qizman”, “Men qandolatchiman” yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn mashg‘ulotlarni doimiy yashash joylaridagi chevarchilik, qandolatchilik kurslariga qatnashish, bichish-tikishni va pishiriqlar tayyorlashni o‘rganishi to‘g‘risida videorolik tanlovi

🔸1-6 avgust kunlari: Talaba-yoshlar tomonidan yaratilgan kichik loyihalarni taqdim qilishlarini tashkillash. Talaba o‘rtasida o‘zlari yashayotgan mahallasining veb saytini yaratish.

🔸8-20 avgust kunlari filialda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan psixolog-o‘qituvchi tomonidan “Talabaga maslahat” onlayn shaklda har 10 kun davomida maslaxatlar berib boriladi.

🔸22-27 avgust kunlari har bir talaba o‘zi tug‘ilib o‘sgan mahallasini ijtimoiy yangiliklardan habardor qilish, mahallasi fuqarolarini bir joyga jamlash maqsadida mahallasining telegram botini yaratish va uni faoliyatini yuritib borish.

Batafsil ma’lumot ✅@nabijonov4544 ga murojaat qilishingiz mumkin.