Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mas‘ul xodimlari Mahalla fuqarolar yig’inlardagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash maqsadida “Iftixor” Mahalla fuqarolar yig’iniga tashrif buyurdilar

Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoevning 2021 yilning 13 apreldagi yig‘ilishda Mahalla fuqarolar yig‘inlardagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimidagi topshirig‘iga asosan 2021-yil 15-aprel kuni Filialning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi, Аxborot resurs markazi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘imi hodimlari o‘zlariga biriktirilgan “Iftixor” Mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan mahalladagi yoshlarni umumiy holatlari, bo‘sh vaqtlarida nima bilan bandligi, ularning bazalari bo‘yicha umumiy maʼlumotlarni oldilar. Mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun filial tomonidan “Ingliz tili”, “Sport”, Аxborot kommunikatsion texnologiyalari, Badiiy ijodkorlik to‘garaklari bo‘yicha Mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlariga bepul to‘garaklar eʼloni berildi.