Muxtarov Farrux Muhammadovich O’shTU faxriy professori bo‘ldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovichga “O‘shTU faxriy professori” unvoni berildi.

Ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilib, ko‘plab ilmiy-ma’rifiy loyihalar amalga oshirilgan.

Zamonaviy ta’limni yanada rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik davom etadi.