“Olima ayollar – millat ko‘zgusi” nomli ijodiy seminar tashkil etildi

Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot fakulteti xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Ermatova tomonidan TATU Fargʻona filialida “Olima ayollar – millat ko‘zgusi” nomli ijodiy seminar tashkil etildi.

Seminarda filialimiz olima ayollari, filial xotin-qizlar kengashi raisi Z.Otaxonova, aʼzolari Z.Jo‘rayeva va M.Husayinovalar, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri G.Obidova va “Tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti Nasiba Botirovalar qatnashdilar. Talaba qizlarimiz tashkillangan ushbu seminardan o‘zlari uchun kerakli maslahat va bilim oldilar.