“O’qituvchilik-bu kasb, ustozlik esa baxtdir” mavzusida insholar tanlovi o’tkaziladi

TATU Farg’ona filiali O’zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan 1-oktabr ” Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan ” O’qituvchilik-bu kasb, ustozlik esa baxtdir” mavzusida 25-sentabr 14:00da insholar tanlovi o’tkaziladi.

Mazkur tanlovda filialning ta’lim shaklidan qat’iy nazar barcha bosqichdagi talabalar ishtirok etishlari mumkin. Eng yaxshi yozilgan insho mualliflari filial miqyosida bo’lib o’tadigan tadbirda tantanali ravishda taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar 25-sentabr sanasiga qadar O’zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi assistenti M.Husaynovaga murojaat qilishlari so’raladi.@Mahliyo5566.