Joriy yilning 21.09.2021 kunida O‘zbek-Belarus axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti Farg‘ona filiali talabalari bilan fakultet dekani Yu.V.Pisetskiy va Belarusiya davlat informatika va radiotexnika universiteti vakili, rektor maslahatchisi I.N.Tsirilchuk ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbek-Belarus axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti filial bo‘limi talabalarini Toshkentga ko‘chirish maqsadida talabalar va ota-onalar o‘rtasida ochiq suhbat o‘tkazildi. Suhbat savol-javob va bahs munozara tarzida bo‘lib o‘tdi.
Talabalar va ota-onalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan qoniqarli javoblarni olishdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati