O‘zbek-Belarus axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti Farg‘ona filiali talabalari bilan fakultet dekani Yu.V.Pisetskiy va Belarusiya davlat informatika va radiotexnika universiteti vakili, rektor maslahatchisi I.N.Tsirilchuk ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21.09.2021 kunida O‘zbek-Belarus axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti Farg‘ona filiali talabalari bilan fakultet dekani Yu.V.Pisetskiy va Belarusiya davlat informatika va radiotexnika universiteti vakili, rektor maslahatchisi I.N.Tsirilchuk ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbek-Belarus axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti filial bo‘limi talabalarini Toshkentga ko‘chirish maqsadida talabalar va ota-onalar o‘rtasida ochiq suhbat o‘tkazildi. Suhbat savol-javob va bahs munozara tarzida bo‘lib o‘tdi.

Talabalar va ota-onalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan qoniqarli javoblarni olishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati