O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy majlisga murojaatnomasini mohiyatini talabalarga yetkazish bo`yicha uchrashuv o‘tkazildi

2021-yil 19-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir murojaatnomaning, shuningdek, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, xususan talaba yoshlarga yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev murojaatnomasining asosiy mazmuni va mohiyati muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari murojaatnoma va O‘zbekistonni 2021-yilda rivojlantirish bo‘yicha dolzarb maqsad va vazifalar, shuningdek ushbu tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirildi.

Tadbirda Kompyuter injiniring fakulteti dekan o‘rinbosari N. Ibragimov, filial matbuot kotibi B. Turg‘unovlar  tomonidan Murojaatnoma bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan Murojaatnoma bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.