Qirgʻiziston Respublikasi Osh davlat universiteti rektori K.G. Kojobekov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali delegatsiyasini qabul qildi

2023-yil 26-yanvar kuni “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisida deklaratsiya” imzolangan. Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Intellektual mulk va innvatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida hamkorlik bu toʻgʻrisida bitimi amalda.

Rasmiy tashrif 2024-yil 7-may kuni Qirgʻiziston Respublikasi Osh davlat universiteti rektori K.G. Kojobekov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda TATU Farg’ona filiali direktori Farrux Muxtarov va Osh davlat universiteti rektori Kudayberdi Kojobekov, Tashqi aloqalar boʼyicha prorektor Kursantbek Аttakurov, kafedra mudurlari hamda IT instituti direktori ishtirok etdi.

Sunʼiy intelekt, Mexatronika va robototexnika yo’nalishlari boʼyicha halqaro loyihalarni amalga oshirish boʼyicha kelishuvga erishildi.