Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali direktor F.Muxtarov Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi va Dasturiy injiniringi va Raqamli iqtisodiyot fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar bilan to’lov shartnomalar bo’yicha ochiq muloqot uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda shartnoma to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirish hamda kredit asosidagi shartnoma to’lovlari, hokimiyat tomonidan yoshlarga imtiyozli ravishda kontrakt to’lovlarini qoplab berilishi haqidajj suhbat bo’lib o’tdi.
Filial direktori F.Muxtarov, fakultetlar dekanlari hamda filial moliya va reja boʻlim boshligʻi E.Butaboyeva talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.



