2021-yil 4-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabalar turar joyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O. Bozorov, Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori Jalalov Muzaffar Muhitdinovich, Toshkent shahridagi Amiti universiteti boshqaruv direktori Abdullayev Bobur Sagdullayevich va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sadullayeva Shaxlo Azimbayevnalar ishtirokida filial talaba-yoshlari hamda yosh olimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida filial yosh olimlari va iqtidorli talabalarni loyihalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada iqtidorli taabalar tomonidan yaratilayotgan dasturiy mahsulotlari, ertangi rejalari, soha korxonalar bilan amalga oshirilayotgan hamkorliklari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus yuzasidan talabalar turar joyida tadbirlar tashkil etildi.
Tashrif mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida oliy ta’lim muassalaridagi bugungi o‘zgarishlar, erishilayotgan natijalar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shuningdek ertangi kunimiz bo‘lgan yoshlar faoliyati o‘rganildi. Ma’lumki, har qanday jamiyat taraqqiyotini hal qiluvchi eng katta kuchi, ushbu jamiyatning kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol rivojlanishidir. Shu ma’noda mazkur tashrif doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filial talaba-yoshlari bilan suhbat o’tkazildi.
Uchrashuv so‘ngida eng yaxshi 3 ta loyiha egalariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Jumladan: Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kasbiy ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi O‘. Komilova Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan Unicorns start-up tanlovining g‘olibi “Tashxis.com” loyihasida 40 mln.so‘m miqdorida grant g‘olibi, Kompyuter injiniring fakulteti 2-bosqich talabasi Sh.Yetmishboyev Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimida bolalar uchun maxsus animatsion web ilova va mobil dastur hamda Dasturiy injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Gorovik “Milliy o‘yinlar” kompyuter dasturini yaratishga o‘rgatish loyihasi.